«prezident saylovi» tegli maqolalar


Rossiyada prezident saylovi qanday o‘tdi?
18 mart 2024, 17:33

Rossiyada prezident saylovi qanday o‘tdi?

Rossiyada 3 kunlik prezident saylovi yakunlandi. Vladimir Putin unda beshinchi bor g‘alaba qozonmoqda. Ovoz berishning ilk kunlarida saylov uchastkalarida vandalizm holatlari qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi kuni Rossiya va xorijda “Putinga qarshi peshin” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz”da saylovning qisqacha sharhi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
18 mart 2024, 10:55

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Tabrikda saylovchilarning yuqori faolligi “Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining yorqin namoyishi” ekani aytiladi.

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)
9 iyun 2023, 20:11

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini (namunasini) tasdiqladi. Har bir tuman va shaharda ikkitadan ortiq uchastkada videotranslyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi
23 may 2023, 14:11

Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan Erdog‘anni qo‘llab-quvvatladi

Turkiyada prezidentlik poygasidan chetga chiqqan nomzod Sinan Ogan 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174,1 mlrd so‘m ajratildi
19 may 2023, 12:11

Prezident saylovini o‘tkazish uchun 174,1 mlrd so‘m ajratildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini 174 mlrd 130 mln so‘m etib tasdiqladi. Siyosiy partiyalarga jami 19 mlrd 655 mln so‘m, har bir nomzodga esa 4 mlrd 914 mln so‘mdan ajratiladi.

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni o‘tkaziladi
8 may 2023, 15:06

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.

Mamlakat ichida prezident saylovida ovoz berish yakunlandi
24 oktabr 2021, 20:34

Mamlakat ichida prezident saylovida ovoz berish yakunlandi

O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi. Dastlabki natijalar ertaga e’lon qilinadi.

Onlayn ovoz berish tizimi ko‘plab afzalliklarga ega — britaniyalik kuzatuvchi
24 oktabr 2021, 17:02

Onlayn ovoz berish tizimi ko‘plab afzalliklarga ega — britaniyalik kuzatuvchi

Buyuk britaniyalik xalqaro kuzatuvchi O‘zbekistonda kelgusiisaylovlarda dunyoning istalgan nuqtasidan ovoz berish, tashkiliy xarajatlarni qisqartirish va saylov komissiyasi faoliyatini yanada samarali qilish imkoniyatini taqdim etuvchi onlayn ovoz berish tizimi joriy etilishiga umid bildirdi.

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish
8 oktabr 2021, 12:18

Qo‘llanma: saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish

24 oktabr kuni prezident saylovlarida qaysi saylov uchastkasida ovoz berishingiz mumkinligini bilasizmi? Sizga biriktirilgan saylov uchastkasini o‘zgartirish mumkinmi? «Gazeta.uz» fuqarolar uchun saylov uchastkasini aniqlash va uni o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
9 sentabr 2021, 14:54

Shavkat Mirziyoyev O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. Nomzod oldingi prezident saylovida ilgari surilgan dasturdagi vazifalar ijrosiga to‘xtalib, o‘zining 2021 yil saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi.

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi
25 avgust 2021, 14:23

Pandemiya davrida prezident saylovi: MSK maxsus yo‘riqnomani qabul qildi

MSK pandemiya davrida prezident saylovini o‘tkazishga oid maxsus yo‘riqnomani qabul qildi. Unga ko‘ra, tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar saylov uchastkasiga kiritilmaydi, ular uchun ochiq havoda ko‘chma saylov qutilari tashkil qilinadi. Qolaversa, yashirin ovoz berish kabinalariga parda osilmaydi. Saylov boshlanishidan 6 soat oldin ovoz berish bino va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi
14 avgust 2021, 13:30

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi
11 avgust 2021, 16:53

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi

Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.

Prezident saylovi logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi
31 iyul 2021, 15:56

Prezident saylovi logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi

Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi baxs-munozaralardan so‘ng, prezident saylovi logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritdi. Qolaversa, ushbu logotipni yaratishga mablag‘ sarf etilmagani qo‘shimcha qilindi.

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK
26 iyul 2021, 14:49

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida
24 iyul 2021, 14:31

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi
23 iyul 2021, 11:36

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.

«Iyul oxirigacha kutishimiz kerak». Sherzod Asadov — prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida
21 iyun 2021, 16:04

«Iyul oxirigacha kutishimiz kerak». Sherzod Asadov — prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. «Kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak», — dedi u.

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi
24 may 2021, 17:16

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi

Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting